"Al Ittihod"ning ikki futbolchisi "Neftchi"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Оқил Абдубарноев
26 okt 2026, 12:40
Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubi ikki nafar futbolchisisiz "Neftchi"ga qarshi maydonga tushadi.

Saudiya Arabistonining “Arriyadiyah” nashri xabar berishicha, jamoa bosh murabbiyi Yens Vissing hujumchi Solih Ash Shahriy va yarim himoyachi Rakan Al Kabiyni Farg'ona klubiga qarshi uchrashuv qaydnomasidan chiqargan.

Shuningdek, germaniyalik mutaxassis asosiy tarkib borasidagi yakuniy qarorni o'yin oldidan o'tkaziladigan so'nggi texnik yig'ilishda qabul qiladi.

Ma'lumot uchun, "Neftchi" va "Al Ittihod" o'rtasidagi Elit Osiyo Chempionlar Ligasi turniri 3-tur uchrashuvi bugun, 26 oktyabr kuni Farg'onada bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 18:45 da boshlanadi.

Ayni paytda "Neftchi" 3 ochko bilan G'arb mintaqasi turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi. Farg'onaliklar dastlabki ikki turda Iroqning “Eyr Fors” klubini 1:0 hisobida mag'lub etib, Saudiya Arabistonining "Al Nassr" jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

"Al Ittihod" esa 1 ochko bilan 11-pog'onadan joy olgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Arriyadiyah