

Serbiyalik posbon jamoasining musobaqadagi dastlabki natijalaridan qoniqmayotganini yashirmadi. Uning takidlashicha, "Al Ittihod" birinchi ikki turda o'z oldiga qo'yilgan maqsadlarga mos natija qayd eta olmagan.
"Neftchi"ga qarshi o'yin musobaqadagi haqiqiy startimiz bo'lishi uchun harakat qilamiz. Futbolchilar taqvim tig'izligiga bardosh berish va ijobiy natijalarga qaytish maqsadida jismoniy hamda taktik jihatdan tayyorgarlik ko'rmoqda", – dedi Raykovich.
Ma'lumot uchun, "Al Ittihod" Elit Osiyo Chempionlar Ligasi turnirining dastlabki turida Qatarning "Ash Shamal" klubi bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. Ikkinchi turda esa BAAning "Shabab Al Ahli" jamoasiga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
Shu tariqa, dastlabki ikki turda bir ochko jamg'argan Saudiya Arabistoni klubi "Neftchi"ga qarshi uchrashuvda g'alaba qozonib, turnirdagi holatini yaxshilashni maqsad qilgan.



