Akobirxo'ja Shukurullaev ishlagan o'yinda mehmon jamoaga texnik mag'lubiyat yozildi. Nimaga?

Narzulla Saydullayev
30 apr 2025, 18:05
Birinchi ligada texnik natija qayd etildi.

Birinchi liga 3-turidan o'rin olgan "Qumqo'rg'on" - "Nasaf-Farm" uchrashuvi 2:2 hisobidagi durang bilan yakuniga etgandi. Biroq, "Nasaf-Farm" jamoasi uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan futbolchini zaxiradan maydonga tushirgani sababli Birinchi liga reglamentining 8.6-bandiga muvofiq jamoaga 0:3 hisobidagi texnik mag'lubiyat, "Qumqo'rg'on" klubiga esa 3:0 hisobidagi texnik g'alaba yozildi, - deb yozdi PFL rasmiy sayti.

Mazkur bahsda Akobirxo'ja Shukurullaev bosh hakam bo'lgan, qanotlarda Sardor Sodiqov va Abduaziz Abduhamitov ishlashgan. Zaxira hakami sifatida Shuhratbek Mirzaev faoliyat olib borgan va qaydnomada yo'q futbolchini maydonga tushishida eng katta xatoga yo'l qo'ygan.

Qizig'i kecha O'zbekiston kubogi doirasidagi "Surxon" - "Dinamo" uchrashuvida ham Shukurullaev, Sodiqov va Abduhamitov ishlashgan. Zaxira hakami almashgan xolos: Mirzaev o'rniga Erkin Mamatmo'minov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia