Akmal Xolmatov: "Ronaldu yoki Messi divanda yotib yulduz bo'lib qolmagan. Bizning futbolchilar ustida ishlasa, ulardan zo'ri yo'q"

Iskandarov Abdulaziz
9 yanv 2024
"Neftchi", "Paxtakor" jamoalari afsonasi, sobiq futbolchi Akmal Xolmatov kecha saytimiz ofisida mehmon bo'ldi.

Hozirda bolalar futbolida faoliyat olib borayotgan Akmal Xolmatov Osiyo Kubogiga yo'lgan olgan tarkib va futbolchilar haqida fikrlarini bildirdi. 


"Osiyo Kubogiga tarkibni murabbiy tanlagan. Demak, eng yaxshi futbolchilarni jalb qilgan. Futbolchilarning holatini, ruhiyatini murabbiy yaqindan biladi. Bizning futbolchilar hech kimdan kam emas. Abbosni qarang, SSKA jamoasini sevimli futbolchisiga aylanib bo'ldi. Abduqodir Husanov Fransiyada o'ynayapti. Bu O'zbekiston uchun zo'r. Bundan bilish mumkinki, bizda futbolchilar bor. Yana chiqadi. Faqat dangasalik qilmasdan ishlash kerak. Ronaldu yoki Messi divanda yotib yulduz bo'lib qolmagan. Haliyam tinmay o'z ustida ishlayapti. Bizning futbolchilar o'z ustida ishlasa, ulardan zo'ri yo'q. Asosiy muammoimiz dangasalikda",- deydi Akmal Xolmatov.

Batafsil intervyuni tez orada e'tiboringizga havola qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia