

Ushbu bahsga mutaxassislarning ham qiziqishi yuqori. O'z vaqtida ikki jamoa tarkibida yorqin o'yin namoyish etgan Akmal Xolmatov o'zbekcha klassiko oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bilasiz, bugungi o'yinni hamma kutyapti. Bu bellashuv derbi maqomida o'tadi. Menimcha, bugun, eng avvalo, O'zbekiston futboli yutadi. Ikkala jamoada ham yaxshi o'yinchilar bor. "Neftchi" - amaldagi chempion. Shunday ekan, bugun zo'r o'yin ko'ramiz, deb o'ylayman.
Ikkala jamoaga ham omad tilaymiz. Har doimgidek: kim kuchli bo'lsa, o'sha yutsin! Biz har doim chiroyli futbol uchun muxlislik qilamiz. Bu azaldan shunday bo'lgan va bundan keyin ham davom etadi. Chunki Paxtakorning ham o'ziga xos maqomi, Neftchining ham katta ananalari bor. Shu sababli ikki jamoaga ham g'alaba uchun chiroyli va tomoshabop o'yin ko'rsatish nasib etsin", - deydi Akmal Xolmatov.
Ma'lumot uchun, uchrashuv soat 19:00 da “Istiqlol” stadionida start oladi.



