Afsonaviy De Rossi murabbiylikka qaytishi mumkin

Sherzod Nurmatov
3 noya 2025
"Roma" afsonasi Daniele De Rossi Patrik Vieyrani ishdan bo'shatgan "Jenoa" bosh murabbiyi lavozimiga nomzod sifatida ko'rib chiqilmoqda.

"La Gazzetta dello Sport" nashrining xabar berishicha, "grifonlar" short-listiga Raffaele Palladino, Paolo Vanoli, Luka Gotti va De Rossi kiritilgan.

U 2024/25 yilgi mavsum boshida atigi 4 o'yinda ishlaganidan so'ng rimliklar safidan ketgan edi.

De Rossi Italiya futbolida kuchli obro'ga ega bo'lgan yosh, ambiciyali murabbiy sifatida Genuya klubi rahbariyatining e'tiborini tortmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport