Afrikaning eng nomdor jamoalaridan biri Sherzod Temirovga qiziqish bildirmoqda

14 may 2026, 08:23
Iroq chempionatida super mavsum o'tkazayotgan Sherzod Temirovga Afrikaning eng nomdor jamoalaridan biri qiziqish bildirmoqda.

Misrning 45 karra chempioni, Afrika chempionlar ligasining 12 karra g'olibi "Al Ahli" Sherzod Temirovga qiziqmoqda. Bu haqida Narzulla Saydullaev xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, 27 yoshli hujumchi joriy mavsum Iroq chempionatida 32 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 28 t gol va 1 ta assist bor.


Manba: championat.asia