Iroq. Temirovning dubli "Erbil"ga g'alaba taqdim etdi

Aslanov Jasurbek
11 may 2026, 21:48
Bugun, 11 may kuni Iroq Yulduzlar ligasining 34-tur doirasida "Erbil" "Al-Najaf"ni yirik - 4:1 hisobida mag'lub etdi.

“Erbil” sharafini himoya qilayotgan O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Sherzod Temirov bahsni asosiy tarkibda boshladi va ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Iroq Yulduzlar ligasi, 34-tur
“Al-Najaf” - “Erbil” 4:1
Gollar: Kenani 23 (pen.) - Kabrera 6, Sherzod Temirov 12 (pen.), Omar 39, Sherzod Temirov 68.

Shunday qilib, Sherzod Temirovning chempionatdagi gollari soni 28 taga etdi va u to'purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.

IROQ CHEMPIONATI JADVALI


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia