

Shanba kuni Afrika kubogi 1/8 finali doirasida Senegal Sudanni mag'lub etdi (3:1), Mali esa Tunis to'sig'idan o'tdi (1:1, penaltilar bo'yicha 3:2).
Marokash yakshanba kuni Tanzaniyani mag'lub etdi (1:0), JAR esa Kamerundan ustun keldi (1:2).
Dushanba kuni Misr Benin bilan bahslashsa, Nigeriya Mozambik bilan o'ynaydi.
Seshanba kuni Jazoir Kongo DR bilan, Kot-d’Ivuar esa Burkina-Faso bilan to'qnash keladi.







