A Seriyaning markaziy o'yini boshqa kunga qoldirildi

Mirjalol Normatov
22 apr 2025
A Seriyaning 3 o'yini Rim Papasi vafoti sababli boshqa kunga qoldirildi.

Rim Papasi 21 aprel kuni 89 yoshida vafot etdi. Fuqarolik mudofaasi va dengiz siyosati bo'yicha portfelsiz Italiya vazirining bergan ma'lumotiga ko'ra, shanba kuniga belgilangan barcha sport tadbirlari boshqa kunga qoldiriladi.

26 aprel kuni A Seriya doirasida "Komo" – "Jenoa", "Inter" – "Roma" va "Lacio" – "Parma" bahslari o'tkazilishi reja qilingandi. Ushbu uchrashuvlar boshqa kunda o'tkaziladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ANSA