"Real" Mourinyu tayinlanganidan so'ng Dyumfrisni 25 million evroga sotib olishi mumkin

24 may 2026, 14:16
Madridning "Real" klubiga tayinlanishga yaqin bo'lgan murabbiy Joze Mourinyuga "Inter"ning o'ng qanot himoyachisi Denzel Dyumfrisning nomzodi yoqadi, u klubni tark etayotgan Dani Karvaxalga o'rinbosar sifatida ko'rib chiqilmoqda.

Niderlandiyalik futbolchining shartnomasida 25 million evro miqdorida tovon puli to'g'risidagi band mavjud. Takidlanishicha, portugaliyalik mutaxassis "qaymoqranglilar” transferlarini amalga oshirishda ovoz berish huquqiga ega bo'ladi.

Joriy mavsumda Dyumfris barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 25 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Defensa Central