39 yoshli Navas "Sevilya" safida uydagi so'nggi o'yinini o'tkazdi. Xesus maysadi o'pdi va yig'ladi, sheriklari uni yuqoriga otishdi

Alisher
15 dek 2024
Xesus Navas "Sevilya" safida uydagi so'nggi o'yinini o'tkazdi.

"Sevilya" 17-tur doirasida o'z uyida "Selta" (1:0)ni mag'lub etdi.

39 yoshli Navas Andalusiya klubi safida 2003 yildan 2013 yilgacha va 2017 yildan beri o'ynamoqda. U bugun "Sevilya" uy stadionidagi so'nggi o'yinini o'tkazdi, xavbekni qarsaklar ostida 71-daqiqada almashtirishdi.

O'yindan so'ng muxlislar va klub o'yinchining hurmatini joyiga qo'ydi. Navas ko'z yoshlarini tiya olmadi, futbolchi maysani o'pdi, so'ngra jamoadagi sheriklari uni osmonga otishdi.



Navas "Sevilya" tarkibida ikki bor Ispaniya kubogi, 4 bor Yevropa ligasida zafar quchgan va bittadan Ispaniya superkubogi va Yevropa superkubogida g'olib chiqqan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SevillaFC