"Neftchi" tojikistonlik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
8 dek 2023, 16:19
Farg'ona klubi yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etadi.

Jamoa futbolchi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

Ma'lumot uchun, Manuchehr Safarov o'tgan mavsumni Toshkentning "Lokomotiv" klubida o'tkazdi. Yarim himoyachi Pro liga musobaqasida jami 13 ta uchrashuvda 1074 daqiqa harakat qilib, 1 ta gol urishning uddasidan chiqdi.

Futbolchi faoliyati davomida Tojikistonning "Xo'jand", "Lokomotiv" va "Istiqlol" klublarida to'p tepgan, shuningdek, 2022 yilda Eronning "Persepolis" klubida ham faoliyat olib borgan. Manuchexr Safarov Tojikistonning turli yoshdagi terma jamoalarida va 2019 yildan buyon milliy terma a'zosi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати