Ukrainaning 2017 yildagi eng yaxshi murabbiyi: "Kannavaro O'zbekistonni guruhdan olib chiqadi"

Iskandarov Abdulaziz
31 may 2026, 14:22
O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z tarixidagi eng muhim va intizorlik bilan kutilgan Jahon chempionati debyutiga yaqinlashmoqda.

Ayni shu pallada o'zbek futboli ichidagi va tashqaridagi taniqli mutaxassislarning fikr-mulohazalari muxlislar uchun har qachongidan ham qiziqarli. Diqqat markazimizda - yurtimizda faoliyat yuritayotgan xorijlik tajribali mutaxassis.

​Bu galgi suhbatdoshimiz o'z vaqtida Ukraina Premer-ligasida katta hajmdagi ishni bajarib, 2017 yilda "Ukrainaning eng yaxshi murabbiyi" deb etirof etilgan, ayni paytda esa Farg'onaning "Neftchi" klubi o'rinbosarlari ustozi sifatida mahalliy futbolni ichidan o'rganayotgan Roman Sanjar. Tajribali mutaxassis terma jamoamizning so'nggi o'yinlari, Fabio Kannavaroning taktik yurishlari va Farg'onadagi faoliyati haqidagi xulosalari bilan o'rtoqlashdi.

​- Roman Nikolaevich O'zbekiston milliy terma jamoasining so'nggi uchrashuvlarini kuzatdingizmi? Ular haqida qanday fikrdasiz va o'zingiz uchun qanday xulosalar chiqardingiz?

​- Men terma jamoaning o'rtoqlik uchrashuvlarini kuzatdim. Biroq rasmiy o'yinlar ulardan tubdan farq qilsa kerak, deb o'ylayman. O'sha nazorat bahslarida bosh murabbiy Fabio Kannavaro uchta markaziy himoyachidan iborat taktik sxemasini sinovdan o'tkazdi.

​- Sizningcha, O'zbekiston terma jamoasining eng kuchli va zaif chiziqlari qaysilar?

​- Men terma jamoaning har bir chizig'i etarlicha balansga ega deb hisoblayman. Alohida ajratib ko'rsatadigan zaif nuqta yo'q.

​- O'zbekiston guruhdagi raqiblari bilan munosib kurasha oladimi?

​- Fabio Kannavaroning boy tajribasi va o'zbekistonlik futbolchilarning yuqori klassini hisobga olsak, O'zbekiston terma jamoasi guruhdan chiqish vazifasini uddalashga to'la qodir.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia