"Neftchi"ning germaniyalik murabbiyi klubni rasman tark etdi

Administrator
26 may 2026, 22:07
Klub bu haqda rasman ma'lum qildi.

"Neftchi" klubi yordamchi murabbiy Xans-Yurgen Gedening jamoadan ketganini ma'lum qildi. Nemis murabbiyi yangi mavsum avvalidan boshlab Islom Ismoilovga assistent sifatida faoliyat olib borayotgan edi.

"Barchasi uchun rahmat,  Xans-Yurgen Gede!

Jamoamiz murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan tajribali germaniyalik mutaxassis Xans-Yurgen Gede bugun jamoamiz bilan do'stona tarzda xayrlashdi.

Faoliyati davomida mutaxassis jamoamizning rivojlanishi va yuksalishi yo'lida o'zining boy tajribasi, professional yondashuvi hamda qimmatli maslahatlari bilan murabbiylar shtabiga, xususan bosh murabbiyimiz Islombek Ismoilovga yaqindan ko'mak berib keldi. Uning futbol borasidagi bilim va tajribasi jamoamiz uchun muhim tayanchlardan biri bo'ldi.

Oilaviy sabablarni inobatga olgan holda Xans-Yurgen Gede jamoamizni tark etish qarorini qabul qildi. Klub ushbu qarorni chuqur hurmat bilan qabul qildi va qanchalik og'ir bo'lmasin, mutaxassis bilan xayrlashishga majbur bo'lmoqda.

Qisqa vaqt davomida jamoamiz bilan samarali faoliyat olib borgan murabbiy O'zbekiston Superkubogini qo'lga kiritishda o'z hissasini qo'shdi. Shubhasiz, uning mehnati va tajribasi jamoamiz tarixida unutilmas iz qoldiradi hamda u klubimiz rivojiga hissa qo'shgan insonlar safidan munosib o'rin egallaydi.

“Neftchi” PFK rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar hamda klubning barcha xodimlari nomidan Xans-Yurgen Gedega kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, oilaviy xotirjamlik, mustahkam sog'lik va omad tilaymiz.

Barchasi uchun rahmat, doktor Xans-Yurgen Gede!", -deyiladi klub xabarida.

photo_2026-05-26_20-45-14.jpg

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати