Rustambek Fomin SSKAning asosiy jamoasi bilan shug'ullanmoqda

Alisher
23 iyun 2024
Moskvaning SSKA klubi aloqalar bo'yicha direktori Kirill Breydo "qizil-ko'klar"ning asosiy jamoasi bilan shug'ullanayotgan 18 yoshli Rustambek Fomin haqida gapirdi.

"Haqiqatdan ham Rustambek Fomin SSKA PFK va O'zbekiston futbol associaciyasi o'rtasidagi hamkorlik dasturi doirasida asosiy jamoamiz bilan shug'ullanmoqda. Rustambek katta iqtidor hisoblanadi, u 17 yoshidayoq U20 terma jamoasiga kirgan va hozirda unda sardor hisoblanadi. SSKA bundan keyin ham o'zbekistonlik eng iqtidorli yigitlar uchun amaliyot o'tashda davom etadi, ammo ayni damda 18 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolash haqida gap ketmayapti", - deb yozdi Breydo o'z telegram kanalida.

18 yoshli Fomin Toshkentning "Olimpik-MobiUz" klubida "Paxtakor"dan ijara asosida o'ynaydi. Rustambek jamoa tarkibida 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: t.me/BreydoChannel