

Oldimizda faqat bitta maqsad bor edi - g'alaba qozonish. Birinchi taym biz uchun og'ir o'tdi. Hakamning ayrim qarorlari bizga halal berdi. Tan olib aytish kerakki birinchi bo'limda Mo'g'uliston bizdan kuchliroq o'ynadi.
- Dastlabki daqiiqalarda 5ta fol bo'lgani shogirdlaringizning qo'pol o'ynagani bilan bog'liqmi yoki hakamlarning xatosi?
- Aniq ayta olamanki 5ta foldan 2-3tasi yo'q edi. Ammo ilk daqiqalarda shuncha fol bo'lganida jamoaning aybi bor. Buni albatta ko'rib chiqamiz.
- Xusniddin Nishonov qizil kartochka oldi. OFKga arznoma yuboriladimi?
- Albatta biz OFKga murojaat qildik. Ammo menimcha u baribir Iroq bilan o'ynay olmaydi.
- Iroq jamoasining guruhidagilarning deyarli barchasi iroqliklarning yoshi borasida arznoma yozishgani aytilmoqda. Yaponiya ham, Eron ham... Ularning yoshlari 30ga yetib qolgani ko'rinib turibdi.
- Birinchi navbatda yarim finalga chiqishimizni kutmagandik. Shunchaki o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga uringandik. Raqib haqida gapirishni istamayman. Uchrashuvda maydonga tushib o'zimizning kuchli tomonlarimizni ko'rsatishga istaymiz.
Abdurahmon Fozilov
Bangkok, Tailand.



