Xato tan olindi: "Arsenal" darvozasiga penalti belgilanishi kerak bo'lgan

Mirjalol Normatov
2 yanv 2026, 07:30
APL o'yinlari bahsli holatlarini taxlil qiluvchi komissiya 20 dekabr kuni "Everton" - "Arsenal" uchrashuvida mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilanishi kerak bo'lganini ma'lum qildi.

Uchrashuvning 58-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Terno Barri raqibi Vilyam Salibadan zarba qabul qilib olib, "Arsenal" jarima maydonchasi ichida yiqildi. Biroq bahsni boshqarib borgan Sem Berrott penalti belgilashni istamadi.

Komissiya a'zolari ushbu holatda Sem Berrottning qarori xato bo'lganini ma'lum qildi.

"Saliba ehtiyotsizlik natijasida Barrini tepib yubordi. Bu holatda komissiya a'zolaridan 3 kishi xato qilinganini ma'lum qildi. Ikki ekspert Berrott tarafida bo'ldi. Ularning fikriga ko'ra, bu kontakt penalti uchun etarli emasdi", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, ushbu bahsda VARda ishlagan Maykl Solsberi holatni ko'rishi uchun bosh hakamga murojaat qilishi kerak bo'lgan.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail