Abduqodir Husanovning "Fulxem"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida

Оқил Абдубарноев
19 noya 2026, 14:55
"Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanovning Angliya Premer-ligasi 11-turidan o'rin olgan "Fulxem"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi noma'lum bo'lib turibdi.

“NBC Sports” nashrining xabar berishicha, 21 noyabr kuni bo'lib o'tadigan uchrashuv oldidan "shaharliklar" himoya chizig'ida bir qator muammolar mavjud. Xususan, Abduqodir Husanov, Mark Gexi va Yoshko Gvardiolning mazkur bahsda ishtirok etishi so'roq ostida.

“Sports Mole” nashriga ko'ra, Husanovning jarohati jiddiy emasligi taxmin qilinmoqda, biroq uning qachon to'liq tiklanishi hozircha noma'lum. O'zbekistonlik futbolchining holati "Fulxem"ga qarshi o'yin oldidan qayta baholanadi.

Eslatib o'tamiz, Husanov 7 noyabr kuni "Nottingem Forest"ga qarshi uchrashuvda (1:3) to'liq 90 daqiqa harakat qilgan. Shundan so'ng u jismoniy holati bilan bog'liq muammo sabab O'zbekiston terma jamoasining Rossiya va Saudiya Arabistoniga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etmadi.

Ayni paytda Enco Mareska boshchiligidagi "Manchester Siti" Premer-ligada ketma-ket uchta mag'lubiyatdan keyin 21 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi.

"Manchester Siti" – "Fulxem" uchrashuvi 21 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 17:30 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar

Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: NBC Sports