Van de Ven yozda "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin

2 may 2026, 12:37
"Tottenxem" himoyachisi Mikki Van de Ven yozgi transfer oynasida "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylanishi mumkin.

MYU 2029 yilgacha amal qiladigan shartnomaga ega bo'lgan 25 yoshli niderlandiyalik futbolchining holatini kuzatib bormoqda. Manba ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining "shporlar" bilan shartnomasida tovon puli miqdori ko'rsatilmagan.

Van de Ven 2023 yilda "Tottenxem"ga "Volfsburg"dan 40 million evro evaziga o'tgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 65 million evroga baholamoqda.

Himoyachi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: Daily Mail