U-23 Osiyo chempionati saralashi Toshkentda bo'ladi

Narzulla Saydullayev
14 sen 2018, 12:33
2020 yil yanvar oyida Tailand mamlakatida U-23 Osiyo chempionati final bosqichi bo'lib o'tadi.

Qita chempionatiga saralash bahslari 2019 yilning 18-26 mart kunlari o'tkaziladi. Saralash bahslari bir nechta guruhda o'tkaziladi. Ushbu saralash guruhlaridan biriga Toshkent mezbonlik qiladi.

Eslatib o'tamiz, Tailanddagi Osiyo chempionatida uchlikka kirgan jamoalar Yaponiyada o'tadigan Olimpiada o'yinlariga yo'llanma oladi.

Ma'lumot uchun, U-23 Osiyo chempionatining amaldagi g'olibi O'zbekiston terma jamoasi hisoblanadi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia