U-17 Osiyo kubogi. Bugun yarim final yo'llanmasi uchun kurashamiz

16 may 2026, 07:20
Bugun O'zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogidagi yurishini davom ettiradi.

Sergey Chigodaev boshchiligidagi o'smirlarimiz bugun chorak finalda Koreya Respublikasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 16-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da “King Abdullah Sports City” maydonida start oladi.

Agar o'smirlarimiz chorak finalda g'alaba qozonsa, yarim finalda Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi. O'z o'rnida, yaponiyaliklar chorak finalda Tokikiston U-17 terma jamoasini 5:0 hisobida mag'lub etdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia