"Tottenxem" birinchi bo'lib gol o'tkazib yuborgan APLning so'nggi 39 ta o'yinida g'alaba qozona olmadi - bu klub antirekordi

Aslanov Jasurbek
8 noya 2026, 11:38
"Tottenxem" APLning 10-turi doirasidagi bahsda "Lids"ga imkoniyatni boy berdi (0:1).

"Shporlar" Premer-ligada o'z darvozalaridan birinchi bo'lib gol o'tkazib yuborgan so'nggi 39 ta uchrashuvning birortasida ham irodali g'alabaga erisha olishmadi (9 durang, 30 mag'lubiyat). Bu London klubi tarixidagi yangi antirekord hisoblanadi.

Ma'lumot o'rnida, 10 ta bahsdan so'ng "Tottenxem" Angliya chempionati turnir jadvalida 10-o'rinni band etib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta