U-20 Osiyo Kubogi. 5-soniyada qizil kartochka olgan Iordaniya Tojikistonni mag'lub etdi

Sherzod Nurmatov
2 mar 2023, 19:00
U-20 Osiyo Kubogi doirasidagi Tojikiston U-20 – Iordaniya U-20 o'yini bo'lib o'tdi.

Bahsning 5 soniyasida iordaniyalik Bakir Kamol Kalbouneh qo'pollik uchun qizil kartochka olib maydonni tark etdi. VIDEONI KO'RISH

7-daqiqada Ali Ahmad Azaizeh hisobni ochdi - 0:1. 

25-daqiqada Iordaniya futbolchisi darvozaga to'pni yo'lladi, to'p darvoza to'rini "teshib" tashqariga chiqib ketdi. Hakam golni inobatga oldi - 0:2. VIDEONI KO'RISH

Ikkinchi taymda boshqa gol urilmadi va Iordaniya 10 kishi bo'lib g'alabaga erishdi.  


Tojikiston U-20 – Iordaniya U-20 - 0:2

Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 17:00

Hakamlar: Yahyo Almulla (BAA), Ahmad Said Alrashidi (BAA), Faysal Eid Al Shammari (Qatar), Muhammad Nazmi (Malayziya)

Nazoratchi:  Noboru Ishiyama (Yaponiya)

Komissar: Si Thu Vin (Myanma)

Gollar: Ali Ahmad Azaizeh 7, - 0:1. Sief Addin Darvish 25, - 0:2. 

Tojikiston U-20: 23. Suhrobxo'ja Yusupov, 2. Faxriddin Axtamov, 5. Sodiqjon Qurbonov, 6. Azizbek Xaitov, 11. Shahriyori Inoyatullo, 15. Mehrubon Karimov, 7. Salam Ashurmamatov, 13. Amadoni Kamolov, 14. Salohiddin Irgashev, 17. Alijoni Aini, 10. Sunatullo Azizov

Zaxira: 1. Safarmad G'aforov, 16. Mahmudzoda Shahobiddin, 3. Rahmatzoda Rahmatshoh, 4. Mehrubon G'afforzoda, 8. Xamzajon Axtamov, 12. Kabir Salimshoev, 18. Abdullo Sharipov, 21. Faridun Davlatov, 9. Abdulfatohi Xudoidodzoda, 19. Asadbek Ziyodzoda, 20. Daler Sharipov, 22. Fathullo Olimzoda

Iordaniya U-20: 1. Murod Arafat, 2. Arafat Muhammad, 3. Asim Aloh Abu Altin, 4. Yusuf Hassan Hussayn, 6. Muhammad Kahlan Abdi, 9. Bakir Kamol Kalbouneh, 10. Mohannad Abu Taha, 11. Sief Addin Darvish, 13. Umar Saloh, 20. Ali Ahmad Azaizeh, 21. Ali Ahmad Hajabi

Zaxira: 5. Hoshim Zaid Almbaidin, 7. Adham G'anim, 8. Muhammad Raed, 12. Abdil Rahmon, 14. Volid Zakariya, 15. Suhib Emad, 16. Alaa Murod, 17. Moath Jihod, 18. Sulton Abdallah, 19. Zaid Ahmad, 22. Rajai Toriq, 23. Ahmad Ayman.

Chetlatish: Bakir Kamol Kalbouneh 1.





Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia