Saka Runining natijasini takrorladi

Sherzod Nurmatov
19 may 2026, 15:20
"Arsenal" vingeri Bukayo Saka Angliya chempionati 37-turidan o'rin olgan "Byornli" bilan bahsda (1:0) Kay Xavercning goliga assistentlik qildi.

"Opta" ma'lumotlariga ko'ra, 24 yosh 255 kunlik Saka 50 dan ortiq gol urgan va 50 dan ortiq golli uzatmani amalga oshirgan Premer-liga tarixidagi ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi. Ueyn Runi bunday ko'rsatkichga 24 yoshu 84 kunligida erishgan.

Saka "Arsenal"da 2019 yilning iyulidan beri o'ynaydi. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.

Vinger 2025/26 yilgi mavsum 48 o'yinda 11 ta gol urdi va 9 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta