Sadriddin Hasanov: "Bu o'yinda biz murabbiylarning ko'rsatmalarini to'liq bajara olmadik"

Mirjalol Normatov
11 okt 2025, 19:51
O'zbekiston hamda Turkiya U17 termalari ishtirokidagi o'rtoqlik o'yini 2:2 hisobida yakun topdi.

Ushbu bahsdan keyin termamiz yetakchilaridan biri Sadriddin Hasanov fikrlarini bildirdi.

- Turkiya yaxshi terma jamoa ekan. Biz o'ylagandan ko'ra kuchliroq. Bu o'yinda biz murabbiylarning ko'rsatmalarini to'liq bajara olmadik, deb o'ylayman.

- O'zbekiston terma jamoasi turli qitalar termalariga qarshi o'ynamoqda. Bu jamoaga qanchalik yordam bermoqda?

- Bu biz uchun katta yutuq bo'lmoqda. Jahon chempionatida biz uchun katta e'tibor qaratilgan.

- Jahon chempionatidagi qaysi raqiblarga ko'proq e'tibor qaratilmoqda?

- Biz hozirda chempionatdagi ilk o'yinimiz - Paragvayga qarshi o'yinga jiddiy e'tibor qaratyapmiz.

- OFK tomonidan yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'lish uchun nomzodlardan biri bo'ldingiz. Bu qanchalik Sizga kayfiyat berdi?

- Bundan juda xursandman. Xudo xohlasa yutsam, yaxshi bo'lardi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia