Karpin: "Shomurodovning hozirgi holatiga baho berish uchun uni mashg'ulotda ko'rib olishim kerak"

Aslanov Jasurbek
11 noya 2026, 22:52
Rosiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Eldor Shomurodovning o'yini haqidagi savolga javob berdi.

- Eldor Shomurodov uzoq vaqt davomida jamoangizda to'p surgan. O'tgan yili u chempionatda dong'i ketgan nomlar ko'p bo'lishiga qaramay, Turkiya Superligasining eng yaxshi to'purari bo'ldi. Shuningdek, bu yil ham Shomurodov ko'plab gollar urishda davom etmoqda. Sizningcha, bu uning maksimumimi yoki u yana o'sishi mumkinmi?

- Ochig'i, bu uning eng maksimum darajisi yoki yo'qmi, bir narsa deyishim qiyin, chunki men ham uni siz kabi faqat chetdan kuzatyapman. Shu sababli biror baho berish uchun, nazarimda, ko'proq birga vaqt o'tkazish, yani hech bo'lmaganda birgalikda mashg'ulot olib borish kerak. U hozir ko'rsatayotgan narsa uning salohiyatidir. To'g'rirog'i "Rostov"daligidayoq ko'rinib turgandi, buning ustiga Italiyada ham yaxshi maktab o'tadi. Shuning uchun uning ayni paytda Turkiyada ko'rsatayotgan o'yini, menimcha, birinchidan - yuqori saviya bo'lsa, ikkinchidan - eng muhimi, u mana shu darajasini kamida ushlab tura olishi kerak.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia