"Real" Kamavinganing kelajagi bo'yicha bir to'xtamga keldi

Sherzod Nurmatov
1 sen 2026, 18:55
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga transfer oynasi yopilguniga qadar jamoani tark etishi dargumon.

“Diario AS” xabariga ko'ra, “qaymoqranglilar” fransiyalik futbolchi bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor, biroq faqat 70 mln evrodan boshlanadigan summa evaziga. Xaridorlardan hech biri talab qilingan shartlarga yaqin ham kelmadi. Xavbekning o'zi ham asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotganiga qaramay, hech qaerga ketishni istamadi.

Mish-mishlarga ko'ra, “Manchester Yunayted” Eduardo Kamavingani 50 mln evroga sotib olishga tayyor bo'lgan. 23 yoshli futbolchiga “Chelsi” ham qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.

Futbolchining “qirollik klubi” bilan amaldagi kelishuvi 2029 yilgacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario AS