"Real" Endrikni qo'yib yuborishga rozi bo'ldi

Aslanov Jasurbek
12 noya 2025
Madridning “Real” klubi va “Lion” Endrikning ijarasi bo'yicha kelishuvga erishishdi, deb xabar bermoqda Globo.

Manbaga ko'ra, braziliyalik forvard 2026 yil iyunigacha “Lion” safida o'ynaydi. Ijara shartnomasiga sotib olish imkoni kiritilmagan - “Real” Endrik bilan uzoq muddatga xayrlashmoqchi emas.

Tomonlar og'zaki kelishuvga erishgan, Endrik atrofidagi odamlar esa Fransiyada uy izlashni boshlab yuborishgan.

Shartnomada maxsus band ham bor - agar “Real”da hujumchilar orasida jarohatlar ko'paysa, klub Endrikni yoki ijarani bekor qilish huquqiga ega bo'ladi.

19 yoshli futbolchi Fransiyaga ko'chish g'oyasini boshidanoq ijobiy qabul qilgan. Hatto “Manchester Yunayted”ning Benyamin Sheshko jarohati ortidan paydo bo'lgan qiziqishi ham uning qarorini o'zgartirmagan. Endrik asosiy tarkibda ko'proq o'yin amaliyoti olish va yetakchi rolni qo'lga kiritishni xohlamoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Globo