Rasman: Mirzad Mexanovich "Andijon"ni tark etdi

Iskandarov Abdulaziz
9 iyun 2025, 16:30
Maksim Shackix boshchiligidagi "Andijon" jamoasi navbatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Jamoa tarkibida o'zgarishlar borligini aytib o'tish joiz. Xususan, "Andijon" safida mavsum boshidan buyon to'p tepib kelgan Bosniya va Gertsegovinalik futbolchi Mirzad Mexanovich bilan amaldagi shartnoma har ikki tomonning o'zaro kelishuviga ko'ra bekor qilindi.

Mexanovich "burgutlar" tarkibiga shu yilning yanvar oyida qo'shilgan bo'lib, shu vaqtga qadar u jamoa libosida O'zbekiston chempionatida 7 ta, Kubok bahslarida esa 3 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol muallifi bo'ldi. Shuningdek, 2 bor jamoadoshlarining goliga mualliflik qildi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати