Rafinya "Barselona"ning umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi

Sherzod Nurmatov
16 okt 2026, 13:30
"Barselona" vingeri Rafinya La Liganing 8-turidan o'rin olgan "Xetafe" (3:0) hamda Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turi doirasidagi "Galatasaroy"ga (4:1) qarshi o'yinlarini o'tkazib yuborganidan so'ng jamoa bilan ilk to'liq mashg'ulotini o'tkazdi.

Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.

Shuningdek, yarim himoyachi Frenki de Yong ham umumiy guruhdagi mashg'ulotlarga qaytdi.

Rafinya o'ng son mushaklari shishi sabab 2 ta bahsni o'tkazib yuborgan. U jarohatni Braziliya terma jamoasi ixtiyorida bo'lgan vaqtida olgandi.

“Barselona” sardori 2026/27 yilgi mavsum 8 ta uchrashuv o'tkazib, 12 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Barselona" 8 turdan keyin 24 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 17 oktyabr kuni safarda "Betis"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano