PSJ yulduzi jarohat oldi. Uning holati bo'yicha jamoa bosh murabbiyi ma'lumot berdi

18 may 2026, 09:10
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Liga 1 so'nggi turida "Parij"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgandan keyin o'z jamoasi hujumchisi Usmon Dembele jarohati haqida fikr bildirdi.

"Oltin to'p" sohibi 27-daqiqada jarohat sababli maydoni tark etgandi.

"Usmon haqida hozircha hech narsa dey olmayman. Dushanbagacha kutish kerak, shunda aniq bo'ladi. Lekin men bu faqat mushaklarning charchog'i deb o'ylayman.

Bugun faqat taxmin qilishimiz mumkin, lekin menga hamma narsa yomon ko'rinmayapti. Chempionlar Ligasi finaligacha yana ikki hafta vaqt bor", - dedi Enrike RMS Sport nashriga.

30 may kuni PSJ Chempionlar Ligasi finalida "Arsenal" bilan to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: RMS Sport