O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Yaponiga mag'lub bo'ldi

Aslanov Jasurbek
20 avg 2015, 15:58
Vyacheslav Soloxo boshchiligidagi 19 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston ayollar terma jamoasi Nankin shahrida o'tkazilayotgan Osiyo chempionati final bosqichidagi ikkinchi o'yinini ham o'tkazdi.

“A” guruhidan o'rin olgan O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasining ikkinchi turdagi raqibi Yaponiya terma jamoasi bo'ldi. Ushbu uchrashuvda o'zbekistonlik qizlar 0:6 hisobida raqiblariga mag'lub bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, 18 avgust kuni O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi birinchi turda musobaqa mezbonlari - Xitoy terma jamoasiga qarshi maydonga tushib 0:9 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

O'zbekiston o'zining navbatdagi uchrashuvini 22 avgust kuni Avstraliya U-19 ayollar terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.

U-19 ayollar Osiyo chempionati.

Nankin, Xitoy.

O'zbekiston – Yaponiya 0:6

Gollar: Sonoda Mizuki (5, 77), Saike Kiko (25, 35, 47), Hasegava Yui (36)

O'zbekiston: Laylo Tilolova, Nilufar Qudratova, Lianna Norbekova, Maftuna Shoimova, Dildora Ergasheva (Kamoltoeva Nozima), Umida Zoirova, Dilnoza Bektemirova, Dildora Nozimova (Shaxnoza Qurbonova), Shoxida Tojiddinova, Malika Burxonova, Sevara Normurodova (Gulxayo Mannoboeva)

Yaponiya: Matsumoto, Hasegava Yui (Nishida), Seike Kiko (Momiki Yuka), Takemura Misaki, Miura, Mizutani Yuki, Haza Hisuy, Matsubara, Miyagava, Anzay Yuka (Shiraki Akari), Sonodo Mizuki.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com