O'zbekiston OTJning yig'in uchun tarkibi e'lon qilindi

Aziz Tukhtamuradov
5 iyun 2023, 11:47
O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi 6 iyun kuni Toshkentda navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishadi.

Vakillarimiz 11 iyun kuni Farg'onada Qirg'iz Respublikasi U-23 termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi, yig'inning ikkinchi qismida esa 16-19-iyun kunlari safarda Xitoyga qarshi o'yin o'tkazadi.

Eshitdik-da! Kapadze OTJga O'zbekiston U-20 terma jamoasidan 8 nafar o'yinchini chaqirdi

Timur Kapadze mazkur yig'inga jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan tarkibini e'lon qildi. 

Darvozabonlar: Vladimir Nazarov ("Neftchi"), Hamidulla Abdunabiev ("Olimpik"), Otabek Boymurodov ("Paxtakor").

Himoyachilar: Muhammadqodir Hamraliev ("Paxtakor"), Eldor Begimov (OKMK), Odilbek Abdumajidov ("Olimpik"), Saidafzalxon Ahrorov ("Turon"), Javohir Otamurodov ("Nasaf"), Jahongir O'rozov ("Bunyodkor"), Zafarmurod Abdirahmatov ("Nasaf"), Mahmud Mahamadjonov ("Bunyodkor").

Yarim himoyachilar: Umarali Rahmonaliev ("Rubin", Rossiya), Farruh Muxtorov ("Olimpik"), Muhammadaziz Ibrohimov ("Olimpik"), Abdurauf Bo'riev ("Olimpik"), Ibrohim Ibragimov ("Metallurg"), Jasur Jaloliddinov ("Olimpik"), Behruz Asqarov ("Paxtakor").

Hujumchilar: Otabek Jo'raqo'ziev ("Olimpik"), Ulug'bek Hoshimov ("Neftchi"), Husayn Norchaev ("Alaniya", Rossiya), Alisher Odilov ("Olimpik"), Ruslan Jiyanov ("Olimpik"), Po'latxo'ja Xoldorxonov ("Paxtakor").


Qayd etish kerak, yig'inning ikkinchi qismi oldidan yakuniy ro'yxatga o'zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Eshitdik-da! O'zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoyda yig'in o'tkazadi


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати