O'zbekiston chempionatida o'ynagan Arturas Fomenko vafot etdi

Administrator
1 sen 2026, 20:32
U 50 yoshida hayotdan ko'z yumdi.

Faoliyati davomida Fomenko Litva terma jamoasi tarkibida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan. U ilk bor terma jamoaga 1996 yilda chaqirilgan va 2003 yilgacha unda to'p surgan.

Fomenko faoliyatini 1993 yilda Panevejisning "Ekranas" klubida boshlagan. U uch marta A Liga g'olibi bo'lgan, uch marta LFF Kubogini hamda bir marta Superkubokni qo'lga kiritgan.

Keyinchalik futbolchi Rossiya va Qozog'iston klublarida, shuningdek, O'zbekistonda "Andijon", "Olmaliq", "Buxoro", "So'g'diyona", "Navbahor", "Lokomotiv" (Toshkent) va "Sho'rtan" kabi jamoalar safida muvaffaqiyatli to'p surgan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: delfi.lt