

Yevropa Ligasi umumiy bosqichi doirasidagi uchrashuv 22 oktyabrga rejalashtirilgan.
"Match xavfsizlik nuqtayi nazaridan bo'lib o'ta olmaydi, xuddi avvalroq Levenda Belgiya ayollar terma jamoasi va Belgiya erkaklar terma jamoasi o'yinlarini o'tkazish taqiqlangani kabi. Men har doim bu yerda chegara qo'yaman. Biz xavfsizlikni kafolatlay olmaymiz", – dedi Riduani.
Siyosatchi, shuningdek, "Yunion" shahar hokimiyati qarori haqida xabardor qilinganini, shu bilan birga jamoaning Yevropa Ligasidagi boshqa uy o'yinlari - "Seltik", "Real Sosedad" va "Lex"ga qarshi bahslar rejaga muvofiq Levendagi "Den Dref" stadionida bo'lib o'tishini ta'kidladi. Klubda ham o'yinni o'tkazish uchun muqobil arena izlash boshlanganini tasdiqlashdi.
Eslatib o'tamiz, 2024 yilning sentyabr oyida Millatlar ligasi doirasidagi Belgiyaning Izrailga qarshi uy o'yini Belgiya municipal hokimiyat organlari o'yinni qabul qilishni rad etgani sababli Vengriyaga ko'chirilgan edi.



