

"The Athletic" nashrining xabar berishicha, Nyu-Yorkdan Nyu-Jersi shtatining Ist‑Raterford shahridagi arenaga Jahon chempionati o'yinlari uchun poezd chiptalari 100 dollardan oshadi. Ushbu yo'nalishning standart narxi 12,90 dollarni tashkil etadi.
"Bizda FIFA sayohat xarajatlariga 1 dollar ham hissa qo'shmasligi to'g'risida kelishuv mavjud. Men kelgusi yillarda Nyu-Jersi aholisini bu xarajatlarga majburlamoqchi emasman. FIFA sayohat xarajatlarini qoplashi kerak", – dedi Sherrill.
Avvalroq Nyu-York gubernatori Keti Xokul ham bu masala bo'yicha fikr bildirgandi.
"Jahon chempionati imkon qadar ommabop bo'lishi kerak. Qisqa poezd safari uchun 100 dollardan ortiq summa - juda qimmat".



