"Milan" Keshni sotib olish ilinjida

Sherzod Nurmatov
12 iyun 2024, 21:00
"Milan" "Aston Villa"ning o'ng qanot himoyachisi Metti Keshni sotib olish bo'yicha muzokaralarga kirishdi.

Kesh 2020 yildan beri "Villa" safida to'p tepadi va o'tgan mavsum Premer-ligada 29 ta o'yinda maydonga tushdi. Metti Unai Emeri jamoasining Chempionlar Ligasiga yo'l olishiga yordam berdi, biroq boldir mushaklaridagi jarohatdan tiklanishga ulgurmagani bois Polsha terma jamoasining Evro-2024 uchun qaydnomasiga kira olmadi.

26 yoshli Keshning shartnomasi tugashiga 3 yil bor, ammo "Milan" so'ralgan 20 million funtni to'lasa, uni ushbu transfer oynasida qo'yib yuborishga tayyor.

"Villa"ning Keshni qo'yib yuborishga tayyorligi moliyaviy feyr-pley qoidalari bilan bevosita bog'liq – birmingemliklar idealda kelishuvni 30 iyungacha yakunlash niyatida, deb xabar berdi "TalkSPORT".


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TalkSPORT