

- O'yin haqida fikringiz?
- Chiroyli g'alabaga erishdik. Bu bilan jamoamiz a'zolarini va bekobodliklarni tabriklayman. Futbolchilarimiz o'yindan o'yinga qo'shishyapti, tezlik ham yuqorilab bormoqda. Biz murabbiylar xohlagan futbolni namoyish etib chiroyli g'alabaga erishdik.
- Jamoangiz o'yinidan qanchalik ko'nglingiz to'ldi?
- Aytib o'tganimdek, o'yindan o'yinga qo'shyapmiz. Eng ko'p ko'nglim to'lgan jihat - to'rtinchi turga kelib darvozamiz daxlsizligini saqlab qolganimiz bo'ldi. Himoyada xatolar borligini avvalgi bahslardan keyin aytib o'tgandim. Bugun himoyamiz juda yaxshi harakat qildi.
- Ikkinchi bo'limda Bubanya, Saidnurullaev kabi futbolchilarni almashtirdingiz. Bu nima bilan bog'liq?
- Hozir Proligada ham xuddi Superliga kabi "boksing dey" ketyapti. Tez-tez maydonga tushyapmiz. Futbolchilarga dam berish maqsadida shu qarorga keldik, chunki keyingi bahsni safarda "Paxtakor farm"ga qarshi o'tkazamiz. Bu ham muhim o'yin bo'ladi.
- Raqib o'yinchisining qizil kartochka olishi rejangizga qanchalik ta’sir qildi?
- Birinchi bo'limdan keyin ham hujumchimizga aytib o'tdim: yiqilmasa ham bo'lardi. O'zi gol ursa bo'lardi. Mayli yiqildi va bunda fol bor edi. Tanaffusda yigitlarga to'pni ushlash kerakligini aytdim. Raqib o'n kishi bo'lib qolgach, bu bizga erkinlik berdi. Hisob 2:0dan keyin xotirjamlikka berildik va hujum chizig'imizda tezlik yo'qoldi. 2:0gacha raqibga yuqorida ko'p bosim qilayotgandik.
- "Paxtakor farm" bilan bahsdan so'ng jamoangiz "Aral" va "Olimpik Mobiuz" klublariga qarshi maydonga tushadi. Bu o'yinlarga "Metallurg" qay darajada tayyor?
- "Sho'rtan", "Kattaqo'rg'on" qatori "Aral" bilan "Mobiuz"da ham vazifa borligini bilamiz. Biz uchun har bir bahs finaldek o'tyapti. Masalan, "Lochin" bilan oson bo'lmadi. Ayni damda fikru xayolimiz "Paxtakor farm"ga qaratilgan, shu o'yinni o'tkazib olgach keyingi raqiblarni o'ylaymiz.
- O'yindan so'ng "Metallurg" kombinat rahbari kiyim almashtirish xonasiga kirib, sir bo'lmasa nima dedilar?
- G'alaba bilan tabriklab, futbolchilarga motivaciya berdilar. Klubimiz rahbarining bizni qo'llab turishi jamoaga katta ruhiyat beradi. Bundan biz murabbiylar ham, jamoamiz a'zolari ham nihoyatda xursand.



