

Bu haqda “TV Azteca” xabar berdi.
Voqea 22 noyabr kuni Irapuato shahridagi "La Estrelya" futbol maydonida sodir bo'lgan. Motociklda harakatlangan qurollangan erkaklar uchrashuvdan so'ng sport majmuasi hududida bo'lib turgan futbolchiga qarata o't ochishgan.
26 yoshli Chaves olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo'lgan. Hujum natijasida yana bir erkak jarohat olib, shifoxonaga etkazilgan.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, hujumchilar voqea joyidan yashirinishgan. Policiya tergov ishlarini boshlagan, jinoyat sabablari hozircha aniqlanmagan.
Rios Chaves avvalroq Meksika chempionatining quyi divizionlarida "Atletiko San-Fransisko" jamoasi sharafini himoya qilgan. So'nggi vaqtlarda u "Arandas" havaskor klubida o'ynagan, shuningdek, "Loros" futbol akademiyasida bolalar murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.



