"Dinamo" legionerining shikoyatidan so'ng Rossiya klubiga transfer taqiqi qo'yildi

Оқил Абдубарноев
26 noya 2026, 16:25
Rossiya futbol ittifoqi (RFS) nizolarni hal etish palatasi Samarqandning "Dinamo" klubi yarim himoyachisi Tigran Avanesyanning Tulaning "Arsenal" klubiga nisbatan shikoyatini qisman qanoatlantirdi.

RFS rasmiy saytining xabar berishicha, 25 noyabr kuni o'tkazilgan yig'ilishda "Arsenal"ning sobiq futbolchilari Tigran Avanesyan, Artyom Popov, Devid Sangare va Alan Caraevning moliyaviy davolari ko'rib chiqilgan.

Palata qaroriga ko'ra, Tula klubi Avanesyanga 2025/26 yilgi mavsumdagi rasmiy uchrashuvlar uchun to'lanmagan mukofot pullari, ularni o'z vaqtida to'lamagani uchun kompensaciya va yillik mehnat tatili bo'yicha qarzdorlikni to'lashi shart.

Shuningdek, "Arsenal" zimmasiga qolgan uch nafar futbolchi oldidagi mukofot pullari, ish haqi kechiktirilgani uchun kompensaciyalar va tatil to'lovlari bo'yicha majburiyatlar ham yuklatildi.

RFS Tula klubiga yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishni taqiqlash haqida ham qaror qabul qildi. Biroq mazkur cheklov shartli xususiyatga ega. Agar "Arsenal" belgilangan ixtiyoriy ijro muddatida qarzdorlikni to'liq bartaraf etmasa, taqiq ushbu muddat tugagan kunning ertasidan kuchga kiradi.

Ma'lumot uchun, 24 yoshli Tigran Avanesyan 2026 yilning iyul oyida "Arsenal"dan ijara asosida Samarqandning "Dinamo" klubiga o'tgan. Armaniston milliy terma jamoasi yarim himoyachisining ijara shartnomasi 2026 yil oxirigacha mo'ljallangan.

Avanesyan Rossiyada SSKA, "Baltika", "Tekstilshik", "Arsenal" va "Orenburg" klublari safida to'p tepgan.

RFS qarorida "Arsenal"ning futbolchilar oldidagi qarzdorligi miqdori ochiqlanmagan.

O'xshash yangiliklar

Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: rfs.ru