Maykl Jekson APL autsayderini boshqaradi

Sherzod Nurmatov
30 apr 2026, 19:25
"Byornli" - APLdan allaqachon tushib ketgan jamoalardan biri.

"Klarnetlar" quyi ligaga tushib ketganidan so'ng Skott Parkerni ishdan bo'shatdi va unga o'rinbosar topdi.

"Byornli"ning bayonotiga ko'ra, Maykl Jekson jamoani boshqaradi. U 2021 yildan beri "klarnetlar" bilan hamkorlik qilib keladi. Dastlab 23 yoshgacha bo'lganlar jamoasi murabbiyi, so'ngra Vensan Kompani va Skott Parkerning yordamchisi bo'lib ishlagan.

Eslatib o'tamiz, "Byornli" Parker qo'l ostida APLga qaytdi, biroq u yerda o'rnini saqlab qololmadi. Ular endi yangi mavsumni yana Chempionshipda o'tkazadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports