

Jeyms Fenimor Kuperning 1826 yilda yozilgan mashhur tarixiy roman nomi bo'lib, keyinchalik umumetirof etilgan majoziy iboraga (frazeologizmga) aylangan. Asar markazida mogikanlar hind qabilasining so'nggi vakillari - Chingachguk va uning o'g'li Unkasning taqdiri turadi. Mustaqillik va mustamlakachilik jarayonlari natijasida bu buyuk qabila va uning madaniyati yo'qolib borayotgan edi.
Endi buni futbolga ko'chirilishida ham ko'chma mano shakllanadi. O'zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreya bilan so'nggi 2 ta o'yinda raqib darvozasini ishg'ol qila olmagan yani 180 daqiqadan buyon bu jamoaga to'p kirita olmayapti. Oxirgi marotaba 2016 yil JCH-2018 saralash bahsi doirasida mehmonda Janubiy Koreya darvozasi to'rini titratganmiz va o'sha golga Marat Bikmaev mualliflik qilgan. Mazkur o'yinda hisobni birinchi bo'lib ochganimizga qaramay yakunda 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchraganmiz.
15 noyabr 2016. Seul. "Seoul World Cup" stadioni. 16:00 (Toshkent vaqti)
Janubiy Koreya - O'zbekiston 2:1
Hakamlar: Fahad Al Mirdasi, Abdulloh Al Shalvay, Muhammad Al Abakri, Turki Muhammaj Al Xudxayr (barchasi Saudiya Arabistoni)
Komissar: Goutam Kar (Hindiston)
Gollar: Marat Bikmaev 25, - 0:1. Nam Tae Xi 67, - 1:1. Ku Ja Chol 85, - 2:1.
Janubiy Koreya - 23.Kim Song Gyu, 4.Kim Ki Xi, 6.Park Ju Xu (3.Xong Chul, 82), 7.Son Xon Men, 10.Nam Tae Xi, 11.Ji Dong Von, 13.Ku Ja Chol, 16.Ki Son Yong, 18.Li Jon Xyop (9.Kim Shin Vuk, 66), 20.Jang Xyun Su, 22.Kim Chang Su.
Zaxira: 1.Kvon Sun Tae, 2.Choi Chul Sun, 5.Kvak Tae Xvi, 8.Kim Bo Kyung, 12.Li Jae Sung, 14.Xan Kuk Yung, 15.Xong Jong Xo, 17.Li Chon Yong, 19.Jung Vu Yong, 21.Kim Jin Xyon.
O'zbekiston: 21.Aleksandr Lobanov, 19.Vitaliy Denisov, 2.Egor Krimec, 5.Anzur Ismoilov, 13.Davron Hoshimov, 18.Otabek Shukurov, 17.Vadim Afonin, 9.Odil Ahmedov, 4.Marat Bikmaev (15.Aleksandr Geynrix, 60), 23.Eldor Shomurodov (14.Javohir Sohibov, 80), 11.Igor Sergeev.
Zaxira: 1.Eldorbek Suyunov, 3.Salamat Qutiboev, 6.Jaloliddin Masharipov, 7.Jamshid Boltaboev, 8.Server Jeparov, 10.Sardor Rashidov, 12.Ignatiy Nesterov, 16.Stanislav Andreev, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 22.Jamshid Iskanderov.



