"Manchester Yunayted" "Brayton" yarim himoyachisini sotib olishga yaqin

20 avg 2026, 10:15
"Manchester Yunayted" "Brayton" yarim himoyachisi Karlos Baleba bilan shartnoma imzolashga yaqin.

Bu haqda "The Athletic" jurnalisti David Ornshteyn xabar bermoqda.

"Qizil iblislar" 22 yoshli kamerunlik futbolchi uchun taxminan 60 mln funt taklif qilishmoqda. Yana 5 mln funt bonuslar ko'rinishida ko'zda tutilishi mumkin.

"Brayton" Baleba uchun ko'proq mablag' olmoqchi. Klublar muzokara olib borishmoqda va murosaga kelishga umid qilishmoqda.

O'tgan mavsumda Baleba APLning 31 ta o'yinida maydonga tushib, 5 ta sariq kartochka oldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/David_Ornstein