

Superliga
25-tur
"Bunyodkor" – "Mashal" 2:1
Toshkent. “Lokomotiv” stadioni. 18:30
Bosh hakam: Ahrol Risqullaev
Yordamchi hakamlar: Husan Hudoeberiev, Oybek Boboev
To'rtinchi hakam: Alisher To'xtasinov
VAR: Rustam Choriev
AVAR: Islom Azimov
Nazoratchi: Timur Galeev
Komissar: Davron Ibrohimov
Gollar: 0:1 – 11, Zafar Akramov (Ergash Ismoilov); 1:1 – 18, Islom Anvarov (Amir To'raqulov); 2:1 – 33, Shamsiddin Tursunmahammadov (Amir To'raqulov)
"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 9.Matiya Krivokapich (14.Shahzodjon Nematjonov, 84), 10.Amir To'raqulov, 13.Muhammad Hakimov, 17.Muzaffar Olimjonov (11.Sardor Abdunabiev, 80), 18.Narimonjon Ahmadjonov, 27.Islom Anvarov (33.Eldor Naimov, 84), 42.Abdulhamid Ikromov (88.Mirkamol Annamatov, 90+3), 45.Shamsiddin Tursunmahammadov, 66.Azizbek To'lqunbekov, 74.Ivan Bukrin.
Zaxira: 16.Federiko Botti, 20.Abdulfayz Bobomurodov, 31.Abdurahmon Sulaymonov, 44.Alijon Bekmurodov, 56.Abdulqodir Mirfayziev.
"Mashal": 73.Vladislav Rusanov, 2.Zafar Akramov, 5.Komiljon Tojiddinov (77.Izzatillo Abdulhaqov, 56), 8.Sardor Abduraimov, 19.Toxir To'xtasinov (22.Muhammadbobur Mo'ydinov, 67), 24.Ifeani Ifeani (88.Ahrorbek Rahimov, 81), 28.Ergash Ismoilov, 38.Sunnatulla Yarashev (36.Javohir Abdulazizov, 81), 67.Og'abek Abdiraximov, 76.Firdavs Jovliev (7.Vlatko Stoyanovski, 67), 99.Bobir Asqarov.
Zaxira: 35.Doston To'xtaboev, 40.Ruhiddin Xolmatov, 71.Sherxan Gafurov, 87.Muhammadali Boymurodov.
Ogohlantirishlar: Ifeani Ifeani (19), Muhammadbobur Mo'ydinov (88), Eldor Naimov (89)
🏁 90+5.Uchrashuv yakunlandi! Bosh hakam Ahrol Risqullaevning yakuniy hushtagi yangradi. "Bunyodkor" o'z maydonida "Mashal" ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
🔄 90+3. "Bunyodkor" tarkibida o'zgarish: Abdulhamid Ikromov maydonni tark etdi, uning o'rniga Mirkamol Annamatov maydonga tushirildi.
⏱️ 90. Ikkinchi bo'limning asosiy vaqti o'z nihoyasiga etdi. Bosh hakam uchrashuvga 5 daqiqa vaqt qo'shib berdi.
🟨 89. "Bunyodkor" futbolchisi Eldor Naimov hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
🟨 88. "Mashal" futbolchisi Muhammadbobur Mo'ydinov qo'pol o'yini uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
🔄 84. "Bunyodkor" tarkibida bir yo'la ikki o'zgarish: Islom Anvarov hamda Matiya Krivokapich maydonni tark etishdi, ularning o'rniga Eldor Naimov va Shahzodjon Nematjonov bahsga qo'shildi.
🔄 81. "Mashal" tarkibida navbatdagi o'zgarishlar: Sunnatulla Yarashev hamda Ifeani Ifeani maydonni tark etishdi, ularning o'rniga Javohir Abdulazizov va Ahrorbek Rahimov bahsga qo'shildi.
🔄 80. "Bunyodkor" tarkibida o'zgarish: Muzaffar Olimjonov o'rniga Sardor Abdunabiev maydonga tushirildi.
70. "Mashal" futbolchisi Sunnatulla Yarashevning darvoza tomon yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi.
🔄 67. "Mashal" tarkibida bir yo'la ikki o'zgarish: Toxir To'xtasinov va Firdavs Jovliev maydonni tark etishdi, ularning o'rniga Muhammadbobur Mo'ydinov hamda Vlatko Stoyanovski maydonga tushirildi.
65. "Bunyodkor" futbolchisi Ivan Bukrin hujumda "Mashal" darvozaboni Vladislav Rusanovga nisbatan qoidani buzdi. Hakam hujumdagi folni qayd etdi.
62. "Bunyodkor" futbolchisi Azizbek To'lqunbekovning darvoza tomon yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi.
🔄 56. "Mashal" tarkibida o'zgarish: Komiljon Tojiddinov maydonni tark etdi, uning o'rniga Izzatillo Abdulhaqov bahsga qo'shildi.
🚑 52. "Mashal" futbolchisi Komiljon Tojiddinov raqib o'yinchisi bilan to'qnashuv oqibatida jarohat oldi. Hozirda unga maydonda tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
⏱️ 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Bosh hakamning hushtagi yangrab, jamoalar uchrashuvni davom ettirishmoqda.
⏸️ 45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi. Bosh hakamning hushtagi yangrab, jamoalar tanaffusga yo'l olishdi. Hozircha hisob – 2:1, "Bunyodkor" foydasiga.
⏱️ 45. Birinchi bo'limning asosiy vaqti o'z nihoyasiga etdi. Bosh hakam unga 2 daqiqa vaqt qo'shib berdi.
42. "Bunyodkor" futbolchisi Amir To'raqulovning darvoza tomon yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi.
⚽ 33. GOL! "Bunyodkor" hisobda oldinga chiqib olmoqda! Amir To'raqulovning ajoyib uzatmasidan so'ng Shamsiddin Tursunmahammadov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va to'pni darvozabon ustidan oshirib, darvoza to'riga aniq yo'lladi.
31. "Bunyodkor" burchak zarbasini amalga oshirdi. "Mashal" posboni Vladislav Rusanov to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'ydi, biroq toshkentliklar bu qulay imkoniyatda darvoza tomon zarba yo'llay olishmadi.
⚠️ 23. "Bunyodkor" futbolchilaridan xavfli hujum. Matiya Krivokapich raqib jarima maydonchasi ichidan darvozaga zarba yo'lladi. "Mashal" posboni Vladislav Rusanov zarbani qaytardi va ikkinchi urinishda to'pni egallab oldi.
🟨 19. "Mashal" futbolchisi Ifeani Ifeani raqib o'yinchisi Azizbek To'lqunbekovga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
⚽ 18. GOL! "Bunyodkor" hisobni tenglashtirdi! Amir To'raqulovning burchakdan oshirib bergan uzatmasiga jarima maydonchasidagi yakkakurashda Islom Anvarov hammadan avval yetib keldi va oyog'i bilan darvozani ishg'ol qildi.
⚽ 11. GOL! "Mashal" hisobni ochmoqda! Ergash Ismoilovning jarima maydonchasiga oshirgan to'pini Zafar Akramov boshi bilan darvozaning olis yuqori burchagiga aniq yo'llab, hisobni ochdi.
9."Bunyodkor" futbolchilarining yuqori pressingi natija berdi va "Mashal" to'pni yo'qotdi. Hujumni zarba bilan yakunlagan Amir To'raqulovning urinishi noaniq chiqdi – to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.
6. "Bunyodkor" futbolchisi Amir To'raqulov olisdan chap oyog'i bilan darvoza tomon zarba yo'lladi. "Mashal" posboni Vladislav Rusanov to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.
⚠️ 4. Xavfli vaziyat! "Mashal" futbolchisi Sunnatulla Yarashev jarima maydonchasi ichidan zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza to'rining tashqi yon tomoniga tegdi.
⏱️ 1. Bosh hakam Ahrol Risqullaevning hushtagi yangradi va uchrashuvga start berildi.
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Bunyodkor" futbolchilari bugungi uchrashuvda to'q binafsharang, "Mashal" esa qizil liboslarda to'p suradi. Uchrashuv boshlanishi arafasida.



