Los-Anjeles klubi Bekxemga o'z minnatdorchiligini bildirdi

3 mar 2019, 22:45
"Los-Anjeles Gelaksi" jamoasi o'zining sobiq futbolchisi Devid Bekxem uchun stadioni atrofida haykal o'rnatdi.

Angliyalik sobiq futbolchi uchun qo'yilgan haykalning ochilish marosisi kecha, 2 mart kuni mavsumning birinchi o'yinidan oldin bo'lib o'tdi. Tadbirda Beks ham ishtirok etdi. MLS klubi o'z tarixida birinchi bor futbolchisi uchun yodgorlik o'rnatdi. 

43 yoshli Devid "Los-Anjeles Gelaksi" sharafini 2007-2012 yillar himoya qilgan.

 


Manba: https://twitter.com/LAGalaxy