Lineker Pochettinoning "Manchester Yunayted"dagi kelajagiga shubha bildirdi: "18 oydan keyin ham u yerda bo'lsa, hayron qolaman"

13 noya 2026, 22:58
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker Maurisio Pochettino "Manchester Yunayted"da uzoq vaqt ishlamaydi, deb hisoblamoqda.

"Menimcha, ularda dastlabki natijalar yomon bo'lmasligi mumkin. Ma'lum bir vaqt davomida jamoa yaxshi o'yin ko'rsatadi.

“Manchester Yunayted” Pochettino uchun katta klub, nomi ham juda mashhur. U bu erga keladi, ammo keyinchalik voqealar qanday rivojlanishidan ko'ngli qolishi mumkin. 18 oydan keyin ham u hali shu yerda ishlayotgan bo'lsa, hayron qolaman.

Chunki hammasi qayta-qayta takrorlanadi: oxir-oqibat aybdor qilib murabbiyni ko'rsatishadi. Ammo mening fikrimcha, asl muammolar murabbiydan yuqori darajada.

Bu mutaxassislarning barchasi yaxshi murabbiylar. So'nggi 10 yil ichida “Manchester Yunayted”da qanchadan-qancha nomdor murabbiylar ishlaganiga qarang. Aleks Fergyuson ketganidan beri o'n ikkita murabbiy almashdimi? Ularning barchasi klubni tark etayotganda, u yerda tartibsizlik hukm surayotganini aytadi", - dedi Lineker The Rest is Football podkastida.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Rest is Football