

Uning so'zlariga ko'ra, agar klub yakunda chempionlik unvonlaridan mahrum etilsa ham, u bundan ajablanmaydi.
"Aniqki, "Manchester Siti" uchun hammasi juda yomon ko'rinish olmoqda. Butun futbol uchun ham shunday. Men hozir "Siti" shunchaki buni tan olib: "Yaxshi, biz xato qildik. Ammo futbol hurmati biz buni qabul qilamiz, har qanday jazoga rozimiz va oldinga qarab intilamiz", deyishini istardim", – dedi Lineker.
Lineker mazkur vaziyat klubning o'ziga ham, ingliz futboliga ham jiddiy zarar etkazayotganini ta'kidladi. Uning fikricha, aybni tan olish uzoqqa cho'zilgan ushbu voqeaga nuqta qo'yishga yordam berardi.
"Menimcha, bu yaxshi qaror bo'lardi va klubga hech bo'lmaganda o'z obro'sini qisman saqlab qolish imkonini berardi. Garchi ayni paytda bunday ssenariy ehtimoldan yiroq tuyulsa-da. Bu ulkan zarar etkazmoqda... Men "Siti"ning muxlislari va futbolchilariga achinyapman", – deya qo'shimcha qildi u.
Bahsli davrda qo'lga kiritilgan uchta chempionlik unvonidan "Manchester Siti"ni mahrum qilish kerakmi yoki yo'qmi degan savolga Lineker shunday javob berdi:
"Agar ishlar aynan shu yo'sinda davom etsa, hayron qolmayman. Ammo pirovardida bundan kim jabr ko'radi? Futbolchilar va muxlislar".
"Manchester Siti" Premer-liganing moliyaviy qoidalarini buzganlik bo'yicha to'qqizta mavsum - 2009/10 yilgidan 2017/18 yilgi mavsumgacha bo'lgan davrdagi barcha bandlar bo'yicha aybdor deb topildi. Bundan tashqari, klub tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortganlik bo'yicha to'rtta bandning uchtasida aybdor deb hisoblandi.
APLning takidlashicha, "shaharliklar” daromadlarni sun'iy ravishda oshirish va xarajatlarni kamaytirib ko'rsatish maqsadida soxta tijoriy shartnomalardan foydalangan. Liga talqiniga ko'ra, gap qariyb o'n yil davomidagi 900 million funtdan ortiq mablag' haqida bormoqda. Bu davrda klub bir nechta sovrinlarni qo'lga kiritgandi. "Manchester Siti" chiqarilgan qaror ustidan shikoyat arizasi berib, o'zining beaybligini qatiy takidlamoqda.
"Manchester Siti"ning apellyaciyasi yopiq tartibda ko'rib chiqiladi. Ehtimoliy sankciyalar qachon e'lon qilinishi va ular apellyaciya jarayoni yakunlangunga qadar kuchga kirish-kirmasligi hozircha noma'lum.
Joriy mavsumda "Siti" beshta o'yinda 15 ochko jamg'arib, Angliya chempionatida peshqadamlik qilmoqda. Yakshanba kuni jamoa safarda "Liverpul"ga qarshi bahs olib boradi.



