Liga 1. PSJ mehmonda qiyin g'alabaga erishdi

Alisher Ostonov
2 fev 2026, 03:49
Liga 1 20-tur doirasidagi “Strasburg” - PSJ o'yini bo'lib o'tdi.

Dastlab 22-daqiqada Senni Mayulu hisobni ochdi. 5 daqiqa o'tib mezbonlar o'yinchisi Gela Due hisobni tenglashtirdi. 75-daqiqada Ashraf Hakimiga qizil kartochka ko'rsatildi, ammo bu 81-daqiqada Nunu Mendeshning g'alaba golini urishiga halal bermadi.

Ayni damda PSJ Liga 1 turnir jadvalida 20-turning so'ng 48 ochko bilan yetakchilik qilmoqda, "Lans" esa 46 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.





Alisher OstonovMuallif
Manba: сhampionat.asia