"Lester" egalari klubni sotish fikridan qaytishdi

Sherzod Nurmatov
20 noya 2026, 14:50
"Lester" egalari Angliya chempionatining uchinchi divizionida ishtirok etayotgan futbol klubini sotishdan voz kechishga qaror qilishdi.

Bu haqda “The Telegraph” xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, rahbariyat xaridor qidirish jarayonini to'xtatgan va bu haqda klub xodimlarini xabardor qilgan. Endilikda egalar bor e'tiborini jamoani yuqori divizionga qaytarishga qaratmoqchi.

“Lester” avgust oyida 200-300 million dollarga sotuvga qo'yilgani ma'lum bo'lgandi. Citigroup investiciya banki ehtimoliy xaridorlar uchun klub aktivlari haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan taqdimot tayyorlagandi. Ular orasida erkaklar va ayollar jamoalari, akademiya, "King Pauer" stadioni, "Sigreyv" va "Belvuar Drayv" mashg'ulot bazalari, stadion yonidagi er uchastkasi, shuningdek, o'sha kompaniyaga tegishli bo'lgan Belgiyaning "Aud-Xeverle Leven" klubi ham bor edi.

2010 yildan buyon "Lester" tailandlik tadbirkorlar Shrivaddanaprabxa oilasiga tegishli. 2015/16 yilgi mavsumda jamoa ilk bor Angliya chempioniga aylangan, 2021 yilda esa mamlakat kubogini qo'lga kiritgan. Shuningdek, klub uch marta Angliya Liga Kubogini (1964, 1997, 2000) va ikki bor Angliya Superkubogini (1971, 2021) yutgan.

2018 yil oktyabr oyida "Lester" egasi Vishay Shrivaddanaprabxa klub stadionidan havoga ko'tarilgan vertolyot halokati oqibatida vafot etgan edi.

O'xshash yangiliklar

Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph